Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi Qoraqalpog‘istondagi bir korxonani jarimaga tortdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Amudaryotex” MCHJ XKning 2024-yilning yanvar-iyun oylaridagi faoliyatida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida “Amudaryotex” MCHJ XK tomonidan 2024-yil I yarmida texnik chigit, paxta tolasi va momiq mahsulotlarini tasdiqlangan jadval asosida birja savdolariga qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida sotish orqali 900 mln so‘mga yaqin asossiz mablag‘lar olinganlik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarga ko‘ra qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 225-sonli Nizom talablarini buzish alomatlari bilan “Amudaryotex” MCHJ XKga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91221 | Инструменты