“Yo'l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun (O'RQ-1033-son, 20.02.2025 y.) qabul qilindi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi:
— Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlaganlik, o'tkazganlik yoki ulardan foydalanganlik, shuningdek ularni qalbakilashtirganlik uchun;
— Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar o'tkazish va guvohnomalar berish tartibini buzganlik uchun;
— Transport vositasini mastlik holatida boshqarganlik yoki tekshiruvdan o'tishdan bo'yin tovlaganlik uchun;
— Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarganlik uchun;
— Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg'i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22220 | Инструменты