Huawei 2
Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Bu haqda u Telegram’dagi kanaliga yozib qoldirgan.

"Deputatlik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bunday ishlay olmas ekanman. Bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman. Ishonch bildirgan, qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Rozing bo‘linglar. Nasib qilsa qolganini vaqt ko‘rsatadi. Alloh madadkor bo‘lsin", — deb yozadi Kusherbayev.

U bunga majbur bo‘layotganini aytgan. 

Ma'lumki, Kusherbayev Qonunchilik palatasining eng faol deputatlaridan biri sanaladi. U 2014-yildan buyon Oʻzbekiston parlamentining quyi palatasi aʼzosi hisoblanadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga