MMTV huzuridagi Respublika ta'lim markazi "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Markaz xabariga ko'ra, "yo'g'urt", ''o'tuk", ''kerpich" so'zlari xato yozilgan deya talqin qilinayotgan postdagi rasm 1-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligidan olingan.
Unda "sayohatchi" so'zlar ya'ni turkiy tillardan rus tiliga o'tgan so'zlar haqida ma'lumot keltirilgan.
"7 yashar bola uchun tanish bo'lgan mazkur so'zlarni "yo'g'urt", ''o'tuk", ''kerpich" shaklida darslikka kirtishdan maqsad - o'quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish va chetdan o‘zlashgan so‘zlar haqida ma’lumot berishdan iborat. Bu haqida o'qituvchi uchun metodik qo'llanmada ham darsni tashkil qilish bo'yicha metodik tavsiyalar va qo'shimcha ma'lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, keltirilgan so'zlar rus tiliga turkiy tillardan o'tganini etimologik lug'atlar ham tasdiqlaydi", - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111800 | Инструменты