Rossiya qo'shinlari mashg'ulotlar o'tkazish uchun Termiz poligonida to'planishni boshladi
Rossiya harbiy xizmatchilari avgust oyining boshlarida Afg'oniston bilan chegara yaqinida o'tkaziladigan qo'shma mashg'ulotlarda ishtirok etish uchun O‘zbekistondagi Termiz poligonida o‘z qo‘shinlarini to‘plashni boshladi, deb xabar berdi Ria novosti nashri Rossiya Markaziy harbiy okrugi Matbuot xizmatiga tayanib.
Ma'lum qilinishicha, Afg‘oniston bilan chegaradosh hududdagi Termiz poligonida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘tkaziladigan qo‘shma mashg‘ulotlarda 1500 dan ziyod harbiy xizmatchi qatnashadi.
“Markaziy harbiy okrugining tinchlikparvar kuchlari bo‘linmalari va maxsus maqsadli brigadalari O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida o‘tkaziladigan Rossiya va O‘zbekiston qo‘shma mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Termiz poligonida qo‘shinlarni qayta yig‘ishni boshladi”, deyiladi bayonotda.
Ta'kidlanishicha, Samara shahridagi “Kurumoch” aeroportida harbiy xizmatchilar Il-76 harbiy transport samolyotiga qurol va kiyim-kechak yuklagan, bojxona protseduralaridan o‘tgan va Termiz shahriga uchib ketgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91113 | Инструменты