Huawei 1
Rossiyada 15 yildan beri ko‘cha supuruvchisi bo‘lib ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik erkak topib olgan 5 mln rublini egasiga qaytardi

Joriy yil 3-may kuni Moskvaning Strogino tumanida 15 yildan beri ko‘cha supuruvchisi bo‘lib ishlab keladigan o‘zbekistonlik Usmon Meliyev shu yerda yashovchi oilaning e’tiborsizligi sabab axlatga tashlab yuborgan 5 mln rubl miqdoridagi pullarini topib berdi.

Ma'lum bo'lishicha, bu pullar bir ayolning eri tomonidan don ichiga yashirilgan va ayol bu idishni axlatga tashavorgan. Eri bu mablag'ga xotiniga tug'ilgan kunida mashina sotib olmoqchi bo'lgani ma'lum bo'ldi.

Ushbu pulni 15 yildan beri ko‘cha supuruvchisi bo‘lib ishlab keladigan o‘zbekistonlik Usmon Meliyev topib oladi. So'ngra, pullarni o'z egasiga qaytarib beradi. 

O‘zbekistonda Usmonning katta uyi, oilasi bor, xotini uchinchi farzandini kutmoqda.

"Qizim va o'g'lim allaqachon maktabga borishgan. Men har doim qanday harakat qilish kerakligi haqida ularga o'rnak bo'lishga harakat qilaman", - deya ta'kidladi qahramon erkak. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50904 | Инструменты