Rossiyaning Ural federal okrugida majburiy mehnatga jalb etilgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston fuqarolari X.S., B.S. U.D Tashqi mehnat migratsiya agentligining Yekaterinburg shahridagi vakiliga murojaat qilib, Sverdlovsk viloyatidagi “Reftinskaya ptitsefabrika” korxonasi ish beruvchilari bir guruh shaxslarning fuqarolik pasportlarini olib qo‘yganini hamda oylik maoshlarini bermasdan majburiy tarzda ishlatib kelayotganini maʼlum qilgan.
Olib borilgan surishtiruvlarga ko‘ra, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Moskva viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan “Konstanta” MCHJ 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlikni Sverdlovsk viloyatidagi yirik tovuq yetishtirish xo‘jaligiga olib kelgan. Migrantlar Rossiyada vaqtincha bo‘lish va ishlash huquqini beruvchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilmasdan ishga jalb etilgan. Ular 2 oy davomida oylik maoshlarini olmagan va ularning fuqarolik pasportlari tortib olingan
Korxona rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 53 nafar o‘zbekistonlikning fuqarolik pasport olib berilishiga erishilgan va ularga O‘zbekistonga yetib olishi uchun ko‘mak ko‘rsatilgan. Qolganlar esa Yekaterinburg, Moskva va boshqa shaharlarida qonuniy tarzda o‘z faoliyatlarini davom ettirish istaklarini bildirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты