Ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir voyaga yetmagan qizcha Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bolalar ombudsmaniga Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.G. (ayol)ning murojaati kelib tushgan.
Murojaatda voyaga yetmagan nevarasi D.R. (2023-yilda tug‘ilgan)ning otasi vaqtincha hibsxonada, onasi esa migratsiya markazida saqlanayotgani sababli 2 yoshli farzandi Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgani, hozirda Nijniy Novgorod shahar bolalar shifoxonasida ekanligini bildirib, nevarasini O‘zbekistonga qaytarilishida amaliy ko‘mak so‘ragan.
Bolani O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilib, hujjatlar rasmiylashtirildi. Shuningdek, bolaning onasi ham O‘zbekistonga farzandi bilan qaytishi uchun choralar ko‘rildi.
Natijada 16-may kuni qizcha onasi hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi va buvisi bilan yashash manziliga yetkazildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61216 | Инструменты