Huawei 1
Rossiyada qarovsiz qolgan ikki bolani Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha harakatlar boshlandi

Joriy yilning 20-fevral kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ota-onasi nazoratisiz qolgan ikki nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosining bolalari to‘g‘risida Internet tarmog‘ida e’lon qilingan videorolik yuzasidan tezkor o‘rganish ishlari tashkil etildi va dastlabki tezkor ma’lumotlar to‘plandi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ro‘yxatda turuvchi O‘zbekiston fuqarosi M.I. 2010-yilda Rossiyaning Moskva shahriga jo‘nab ketgan. Uning 2015-yil hamda 2017-yillarda tug‘ilgan voyaga yetmagan ikki nafar qizlari ham uy sharoitida dunyoga kelgan bo‘lib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘q, bu esa o‘z navbatida ularni darhol O‘zbekistonga qaytarish imkoniyatini qiyinlashtiradi. M.I. bolallarni o‘zbekistonlik vatandoshi J.A. (Surxondaryo viloyatida ro‘yxatda turuvchi)ga tashlab, noma’lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra fuqaro M.I. Udmurtiya Respublikasining Ijevsk shahri tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Ijtimoiy himoya Milliy agentligi tomonidan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda voyaga yetmagan bolalarni Rossiya hududida uyda tug‘ilganlik holatini rasmiylashtirish va ularga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты