Huawei 1
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 12 nafar voyaga yetmagan bolalar O‘zbekistonga olib kelindi

Vazirlar Mahkamasining «Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining bolalarini O‘zbekistonga qaytarish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori va IIVning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilgan

Ishchi guruh a’zolari Rossiyaning turli shaharlarida bolalar qayerda saqlanayotgani, ularning salomatligi qay ahvolda ekanini aniqlab, kerakli hujjatlarni to‘plagan. 

Safar davomida qabul qilib olingan bolalarning har biri SSV xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ular vatanga olib kelindi. Bu ishlarni amalga oshirishda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yordam bergan.

Turli sabablar bilan qarovsiz qolib ketgan 12 nafar bola Toshkent shahar IIBBning voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga va mehribonlik uylariga joylashtirildi, bolalarga malakali psixologlar yordam ko‘rsatadi. 

Olib kelingan bolalarning yaqinlarini topish, ularga sog‘-salomat topshirish ishlari boshlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты