Huawei 1
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Ma'lum qilinishicha, Tataristondagi “Tagras xolding”, Boshqirdistondagi “Xotkovskiy avtomost”, “BioTexTuguzli”, Sankt-Peterburgdagi “Shadaksstroy” va Tuladagi korxonalarda ishlayotgan o‘zbekistonliklar va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Perm va Blagoveshensk shahrida qiyin ahvolda qolgan fuqarolarga moddiy hamda huquqiy yordam ko‘rsatildi. 

Shuningdek, Boshqirdiston davlat agrar universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan Navro‘z bayrami tadbiri tashkil etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110709 | Инструменты