Rossiyada terrorchilik tashkilotiga aloqador o'zbekistonlik fuqaro qamaldi

Rossiyaning Xabarovsk viloyatida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi federatsiyada taqiqlangan “Hayat Tahrir ash-Shom” terrorchilik tashkiloti manfaatlarini ko‘zlab, qasddan sodir etgan harakatlari uchun 9 yilga qamaldi

Ma'lum qilinishicha, o‘zbekistonlik erkak ushbu tashkilot aʼzolariga terrorchilik faoliyati chaqiriqlarini tarqatishi uchun sim-kartalar olib bergan. 

Shuningdek, u tashkilot rahbariga sodiqlik qasamini keltirgan. Shundan keyin Rossiya Milliy gvardiyasi Xabarovskdagi qo‘shinlariga qarashli obyektlar haqida maʼlumotlar to‘plab, terrorchi tashkilotga taqdim etgan. Ushbu fuqaroning shaxsan o‘zi terrorchilarga 4 ming rubl pul o‘tkazgan.

Sud uni Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topgan va 9 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Mahkum jazo muddatining dastlabki ikki yilini qamoqda, qolgan qismini qattiq rejimli axloq tuzatish koloniyasida o‘taydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты