Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish maqsadida maxsus poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, mazkur poyezd joriy yilning 27 avgust kuni soat 20:57 da “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.
30 avgust kuni “Tolyatti-Toshkent” yo‘nalishida 446-sonli yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi. Bu poyezd Tolyatti vokzalidan soat 12:35 da jo‘naydi.
Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” hamda “Tolyatti-Toshkent” yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110500 | Инструменты