Huawei 1
Rossiyadan og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Tomsk viloyatida og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tomsk viloyatiga ishlash uchun kelgan O‘zbekiston fuqarosi B.X. tanasining bir qismi ishlamay qolgani va mustaqil harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani sababli ushbu viloyatdagi 2-sonli klinik shifoxonasi yotqizilgan.

Rossiyalik shifokorlar unga barcha zarur tibbiy muolajalarni amalga oshirgan.

Bemorning ahvoli og‘irligi inobatga olinib, uning O‘zbekistonga qaytishi uchun zarur ko‘mak ko‘rsatilgan hamda samolyotda mamlakatga kuzatib qo‘yilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32019 | Инструменты