"Sag'bon" podstansiyasida nosozlik yuzaga kelib, aholi "svet"siz qolgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanining "Sag'bon" podstansiyasida nosozlik yuzaga kelib, aholi xonadonlarida elektr taʼminotida uzilish boʻlgani haqida murojaat e'lon qilindi. Holat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlar" AJ Toshkent shahar filiali rasmiy izoh berib, ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilganini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, 12-fevral kuni soat 10:30 da tumanning "Qichqiriq" MFY  hududidagi 25- va 48-sonli ko'p qavatli aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-1973-sonli transformator punktida qisqa tutashuv natijasida elektr taminotida uzilish sodir bolgan.  

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali tararrufidagi Olmazor tuman elektr taminotining tezkor guruh xodimlari tomonidan avariyani bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, shu kunning o'zidayoq soat 11:15 da  avariya holati bartaraf etilgan.

Ayni vaqtda, Olmazor tumani "Qichqiriq" MFY  hududidagi 25- va 48-sonli ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarida yashovchi aholi xonadonlari elektr taminoti bilan ta'minlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72707 | Инструменты