Saida Mirziyoyeva Misrda “Al-Azhar” majmuasi rahbari bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qohirada Misr bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashdi.

«Shayx hazratlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdim.

O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasida maʼnaviyat va fan-taʼlim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik. Maʼrifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

Qo‘shma dasturlar, akademik almashinuvlar va qo‘lyozmalarni o‘rganishni kengaytirish borasida o‘zaro manfaatdorlik bildirildi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120914 | Инструменты