“UzAuto Motors Powertrain” kompaniyasiga bosh direktor vazifasini bajaruvchi tayinlandi, bu haqda Korporativ axborot yagona portalidan ma’lum bo‘ldi.
Kompaniya boshqaruvchi direktori lavozimiga Saidazim Gulyamov tayinlandi. Kompaniya aksiyadorlari 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tegishli qarorni qabul qildilar.
Gulyamov yangi rahbar tayinlangunga qadar kompaniya rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib qoladi, bu masala bo‘yicha 2025-yilning 30-iyuniga qadar qaror qabul qilinishi kerak. Bu vaqtda unga bosh direktorga beriladigan barcha huquq va majburiyatlar beriladi.
“UzAuto Motors” va “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyasining avvalgi rahbari Bu Andersson 27-dekabr kuni 3 yil-u 4 oy ishlaganidan so‘ng lavozimini tark etdi. Ta’kidlanishicha, uning egallab turgan lavozimi “taraflarning kelishuviga asosan” bekor qilingan.
Saidazim Gulyamov 2016-yildan boshlab Andersson tayinlangunga qadar “UzAuto Motors Powertrain"ni boshqargan va qariyb 15 yil — 2010-yilning aprelidan buyon kompaniyada ishlagan. Bungacha u “GM Uzbekistan"da to‘qqiz oy, avval esa Amerikaning “Regions Bank"ida 8 yil ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10522 | Инструменты