Huawei 1
Buxoroda virtual “valyutchik”lik qilgan 17 yoshli o‘smir javobgarlikka tortilmaydigan bo‘ldi

Avvalroq, Buxoro viloyati Jondorda yashovchi 17 yoshli o‘smirning 34 mlrd so‘mlik (2,6 mln dollar) kriptoaktivlarning noqonuniy savdosida gumonlab qo‘lga olingani va ayni paytda ishi tergovda ekani aytilgan edi.

Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqning ayrim foydalanuvchilari tomonidan o‘smirning katta miqdordagi kriptovalyutani go‘yoki o‘zi ishlab topganligi uchun javobgarlikka tortilgani aytilib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Bir muddat o‘tib esa IIV mazkur jinoyat ishi hamda shu turdagi jinoyat ishlariga doir jinoiy qilmishlar to‘g‘risida tushuntirish berib, yigitning «virtual valyutchik»lik bilan shug‘ullanib kelgani va bu jarayonda u 7 oy davomida 4 mingdan ortiq 34 mlrd so‘mlik shubhali vositachilik operatsiyalarini amalga oshirgan holda o‘tkazilgan pullarning 0,1-2 foizi miqdorida vositachilik haqi olib kelganini bildirgan edi. 

Ekologiya vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayevning yozishicha, 34 mlrd so‘m “oborot” qilgan M.Z. javobgarlikka tortilmaydigan bo‘ldi.

«Oddiy oiladan chiqqan Murodjon Buxoro davlat universitetining iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi.

Afsuski unga nisbatan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari ketayotgandi.

Kuni kecha ushbu jinoyat ishi tergovchining qaroriga ko‘ra, harakatdan tugatilibdi. Unda Murodjonning qilgan ishi ijtimoiy xavfli emasligi, aybidan pushaymonligi, oilaviy ahvoli va hokazolar inobatga olingan», – deb xabar berdi Kusherbayev.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10713 | Инструменты