Huawei 1
Navoiy IESda yong‘in sodir bo‘ldi

5-yanvar kuni soat 14:29 da Navoiy IESdagi 12-sonli transformatorda yong‘in sodir bo‘lgan.

Ushbu yong‘in Navoiy IES Yong‘in xavfsizligi xizmati hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan soat 14:49 da qurshab olinib, to‘liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in energotizimga (elektr taʼminotiga) salbiy taʼsir qilmagan.

"Yong‘in natijasida to‘xtatilgan energoblok o‘rni zaxira quvvatlari hisobidan taʼminlandi. Isteʼmolchilarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda.

Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda stansiya barqaror ishlamoqda", – deyiladi rasmiy xabarda.

Hozirgi vaqtda yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10712 | Инструменты