Huawei 1
Buxoroda soxta raqam taqib 106 marta qoida buzgan haydovchi chegirmadan foydalanib, 2 barobar kam jarima to‘ladi

Buxoroda mashinasiga soxta davlat raqami taqib harakatlangan haydovchi 106 marta qoidalarni buzgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatida yashovchi haydovchi bir muddat mashinasiga soxta raqam taqqan holda harakatlangan. YPX xodimlari uni soxta davlat raqami taqib harakatlanib yurganida to‘xtatishganda haydovchi ularga mashinasini bir soatga qoldirmay olib chiqib ketishini aytgan.

Biroq mashina egasi barcha jarimalarni to‘lamaguncha jarima maydonchasida 94 kun davomida turgan. Bu davrda barcha qoidabuzarliklari aniqlanib, unga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Shunda haydovchi soxta raqam bilan jami 106 marta qoidalarni buzgani va jarimalar miqdori 138 mln so‘mni tashkil etgani aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, haydovchi jarimalarni 50 foiz chegirma asosida to‘lagan. Bundan tashqari, soxta raqam taqib yurgani uchun unga MJtKning 125-moddasi 6-qismi bilan BHMning 10 barobari (3 750 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10712 | Инструменты