O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev qo‘lga olindi. Bu haqda Uzreport.news manbasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 1-dekabr kuni kechqurun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralarining maxsus bo‘linmalari tomonidan "Salimboyvachcha" nomi bilan bilan tanilgan Salim Abduvaliyev qo'lga olingan. U Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyidan olib ketilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi. Shunday reydlar doirasida 2-dekabr kuni “Sayidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va uning bir nechta sheriklari qo‘lga olingandi. Saidaziz Saidaliyevga qarzdorlik va boshqa muammolari bo‘lgan shaxslarni muammolarini "dolya" evaziga hal qilib berish bilan shug‘ullanish aybi qo‘yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122500 | Инструменты