Huawei 1
Samarqand viloyatida “Vavilon” nomli “Ko‘ngilochar cho‘milish suv havzasi” ish boshladi

Kuni kecha Samarqand viloyati Samarqand tumanining Yangiariq mahallasida “Vavilon” nomli “Ko‘ngilochar cho‘milish suv xavzasi” mahalliy aholi va mamlakatimiz mehmonlariga o‘z eshigini ochdi. Fuqarolar ayniqsa, yosh o‘g‘il – qizlarning dam olish kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida ish boshlagan ushbu kompleks Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankning imtiyozli kreditlari evaziga rekonstruksiya qilinib, eng so‘ngi va zamoniviy attraksionlar bilan jihozlandi.

Xozirgi inshoot o‘rnida bir vaqtlar tashlandiq istiroxat bog‘i bo‘lgan. Prezidentimiz tashabbusi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankning moliyaviy ko‘magi bilan 4,4 gektar maydonda mavjud basseynlar ta’mirlanib, zamonaviy turdagi 3 ta kattalar uchun, 5 ta bolalar uchun mo‘ljallangan cho‘milish havzalari va 35 ta  suv attratsioni o‘rnatilib,  ishga tushirildi. Ta’kidlash kerakki, bugun mazkur akvapark hududidan nafaqat  yozgi cho‘milish havzalari va qishki basseynlar, sauna-basseynlar,  balki bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun attraksionlar, futbol, maydonchalari va boshqa turdagi sport-sog‘lomlashtirish va dam olish maskanlari ham  joy olgan. Soya tashlab turgan soyabonlar esa did bilan bezatilgan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52410 | Инструменты