Xorazm aholisi uchun ichimlik suvining yangi tariflari tasdiqlandi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashining 2025 yil 20 maydagi tegishli qarori bilan Xorazm viloyati aholisi uchun yangi tariflar tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2025 yilning 5 iyunidan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi (QQSsiz):

Ichimlik suvi:

  • aholi uchun –1 m3 – 4500 so‘m;

  • byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 10 400 so‘m;

  • ulgurji isteʼmolchilar uchun - 1m3 - 10 400 so‘m;

 Oqova suv xizmati:

  • aholi uchun – 1 m3 – 1 850 so‘m;

  • byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 3 800 so‘m;

  • ulgurji isteʼmolchilar uchun - 1m3 – 3 800 so‘m.

Maʼlumot uchun, isteʼmolchilar ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun oldindan to‘lov amalga oshirgan taqdirda ikki oy davomida eski tariflar bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты