DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Samarqand viloyati IIB hamkorligida giyohvandlikka qarshi kurash yo‘nalishida faol tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, Paxtachi tumanida yashovchi, 1985-y.t. N.A. fuqaro mahalliy fuqaroga 600 gr. "Marixuana" giyohvandlik vositasini 50 mln. so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shuningdek, N.A.ning jinoiy sherigi – 1988-y.t. O.X.ning uyida 1 kg 800 gr. "Marixuana" giyohvandlik vositasini saqlab kelinayotgani aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.O‘tkazilgan tadbir davomida, jami 2 kg 400 gr. “Marixuana” giyohvandlik vositasi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, daslabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90710 | Инструменты