Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamov avtohalokatda vafot etdi.
Sudyalar oliy kengashining ma’lum qilishicha, 17-iyun kuni soat 20:30 larda Urgut tumani “Bog‘ishamol” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-47 avtomobil yo‘lining 61 kilometrida “KamAZ- 53212” rusumli yuk avtomashinasi va Nexia-3 to‘qnashgan.
Yengil avtomashinada bo‘lgan 39 yoshli sudya olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61903 | Инструменты