Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan 5 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs qoʻlga olindi.
Qayd etilishicha, 10-yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Bulungʻur tumanida tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazildi.
Foto: Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati
1981-yilda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan shaxs maxsus xaridorga 1 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini 25 mln soʻmdan sotishini oldindan kelishib rejalashtirgani toʻgʻrisida maʼlumotlar olindi.
Maxsus xaridor bilan bogʻlangan shaxs 5 kilogramm yukni tayyorlab qoʻyganligini maʼlum qildi.
Samarqand viloyati IIB TQX xodimlari, viloyat IIB TVBSO hamda viloyat bojxona xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Soxibkor MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, vazni taxminan 5 kg“Marixuana” giyohvandlik moddasini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.
Foto: Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2024-yilda Toshkent shahrida 240 kgga yaqin giyohvandlik va psixotrop moddalar aholi orasida tarqalishining oldi olingani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, narkotiklarni reklamasini targ‘ib qiluvchi 7 162 ta holatda "narkograffiti" yozuvlari aniqlanib, o‘chirildi. Narkotiklar savdosi va ularni targ‘ib qilayotgan 13 mingdan ortiq ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar va kanallar faoliyatiga chek qo‘yildi.
Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qo‘shma harakatlari asosida 15-yanvardan boshlab "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilishi tashkil etildi. Bu tadbirlar 15-fevralgacha davom etishi belgilangan.
Maqola muallifi: I. Farhodova
Alpha version: 0.9.1.19 build 12722 | Инструменты