Samarqandda 6 yashar o‘gay o‘g‘lini kamar bilan urgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi

Avvalroq, Samarqandda 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. 

Samarqand viloyati Toyloq tumanida bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxsga nisbatan 28-iyun kuni JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.

Bolaga nisbatan bu kabi zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yganlar kim bo‘lishidan qatʼiy nazar tegishli javobgarlikka tortilishi shart. Bola davlat va qonun himoyasida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70115 | Инструменты