Samarqandda 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kichik yoshdagi bolani kamar bilan kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatuvga olindi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 23-iyun kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi Sh.N. (1988-yil, erkak) o‘zi bilan birga 2024-yildan sha’riy nikohda bo‘lgan T.D. ning 2017-yilda tug‘ilgan, farzandi E.O. (6 yashar o‘g‘il bola) ni yashash xonadoni hovlisida qo‘lida bo‘lgan kamar bilan kaltaklagan.

Holat yuzasidan 24-iyun kuni tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Voyaga yetmagan O.E. da tan jarohatlari aniqlanib, hozirda bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bu borada sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, Sh.N. Toyloq tumani tibbiyot birlashmasi tibbiy ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning ruhiyatida o‘zgarishlar borligi aniqlanib, Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi va uning holati yuzasidan sud-psixiatrik ekspertiza tayinlandi.

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi TB tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
Bu haqda qo‘shimcha axborot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70101 | Инструменты