Osiyo-Okeaniya chempionatida o‘zbekistonlik sambochilar 19 ta medal oldi

Makao shahrida sambo boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo-Okeaniya chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqada 21 mamlakatdan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Bellashuvlar Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Vakillarimiz chempionat yakuniga koʻra 8 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. 

Terma jamoamiz safida sovrindorlar roʻyxati: 

Sambo: Oltin: -58 kg: Ilhom Parmonov, -64 kg: Sardor Olimjonov, -71 kg: Ubaydullo Moʻminov, +80 kg: Feruza Xoʻrozova; Kumush: -98 kg: Neʼmat Yoqubov; Bronza: +98 kg: Nurbek Toʻrayev, -54 kg: Gulsevar Oʻroqova, -59 kg: Mushtariy Jarkova, -65 kg: Muxlisaxon Qodirberganova; Jangovar sambo: Oltin: -88 kg: Sohibjon Hasanboyev, -98 kg: Ozodbek Murotov, +98 kg: Ziyod Hakimboyev, -54 kg: Gulsevar Oʻroqova , Bronza: -59 kg: Shahzoda Azatova, -65 kg: Feruza Boboqulova, -72 kg: Madina Salohiddinova, -80 kg: Mavluda Abdullayeva, +80 kg: Feruza Xoʻrozova, -64 kg: Islomjon Olimjonov; Murabbiylar: Roman Shakirov, Yekaterina Bliznetsova Hamyurtlarimiz Islom Adilov, Ulugʻbek Rahmonov, Rustam Adilov va Murodxon Toʻrayev bahslarda hakam sifatida ishtirok etishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70313 | Инструменты