Samarqandda Damas yo‘l chetidagi 2 nafar piyodani urib ketdi

2024-yil 10-iyun kuni soat 18:10 lar atrofida Toyloq tumani hududidan o‘tuvchi 4K-529A avtomobil yo‘lining 2-km.da "Qo‘rg‘oncha-Qunduzak" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomashina yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborib YTH sodir etgan.

Oqibatda ikki nafar piyoda va transport vositasi ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. YTH oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты