Huawei 1
Samarqandda daraxt kesgan fuqaro 71 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida tut daraxtini kesgan fuqaro 71 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida tumanning “Xo‘jayuz” MFY hududidagi tegishli ruxsatlarsiz sog‘lom ko‘karib turgan 1 tup tut daraxtini shu atrofda yashovchi fuqaro U.Z. tomonidan kesib tashlangani ma’lum bo‘lgan.

Shu bois fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismiga muvofiq tabiatga yetkazilgan zarari uchun 71 million 250 ming so‘m qo‘llangan.

“Respublikada davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy etilishi munosabati bilan daraxtlarni tegishli ruxsatlarsiz kesish qat’iyan man etiladi”, deyilgan xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102117 | Инструменты