Huawei 1
Stomatologiya instituti sunʼiy intellektni tatbiq etish bo‘yicha Turkiya universiteti bilan hamkorlik qiladi

Joriy yil 17-20 oktyabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori N. Haydarov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyada bo‘lib qaytdi.

Safar davomida Eskishahar Osmangazi universiteti rektori K.Cholak va “Craniocatch Medikal Diş Sanayi ve Ticaret A.Ş.” kompaniyasi direktori I.Bayroqdor bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida sunʼiy intellektning tibbiyotda qo‘llanilishi va bunday tizimlarni yaratishda sunʼiy neyron tarmoqlar texnologiyasi afzalliklarini o‘rganish, davolovchi shifokorlarga tezkor tashxislash qarorlarini qabul qilishga yordam berish, sohada kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar asosida innovatsion texnologiyalar imkoniyatlaridan oqilona foydalanish kabi masalalar ikki oliy taʼlim muassasalari ishchi guruhlari oldidagi muhim vazifalar sifatida belgilab olindi.

Uchrashuv so‘ngida sunʼiy intellekt texnologiyalarini tibbiy taʼlim, xususan, davolash va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tatbiq etish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Maʼlumot o‘rnida Eskishahar Osmangazi universiteti 1970 yilda tashkil etilgan bo‘lib, muassasaning 13 ta fakultetida 35 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102123 | Инструменты