Huawei 1
Polsha korxonalarida O'zbekistonning agrar oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun haq to'lanadigan stajirovkalar tashkil etiladi

O'zbekiston elchixonasi ko'magida Qishloq xo'jaligi vazirligi delegatsiyasining Polshaga tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari Polshadagi yirik sabzavot yetishtiruvchi xolding kompaniya - "Green Crops" ofisida bo'lib, korxonaning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Kompaniya direktori Adam Rujiski bilan o'tkazilgan muzokaralar davomida O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va mahalliy ho'l meva-sabzavotlarini Polshaga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida 2025-yil may-oktyabr oylarida Polshadagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda O'zbekistonning agrar oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun haq to'lanadigan stajirovkalarni tashkil etish borasida aniq kelishuvga erishildi. Bu stajirovkalar bilan bog'liq barcha harajatlar "Green Crops" kompaniyasining maxsus grant mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, O'zbekiston vakillari Sexanuv shahridagi Ignatsiy Mossiskiy nomidagi Amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uchrashdilar. Unda O'zbekistondagi agrar oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirish xususida fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102123 | Инструменты