Huawei 1
“Shifo Nur Farm” XKga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tomonidan sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori vositalari muomalasiga chek qo‘yish maqsadida o‘tkazilgan nazorat tadbirlaridagi tekshiruvda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan "Shifo Nur Farm" XKga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan "Shifo Nur Farm" XKga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2021 yil 29 oktyabrda berilgan 251-sonli litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda "Shifo Nur Farm" XKga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Shu o‘rinda, Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi yurtimizdagi barcha dorixona maʼsullarini dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talab va shartlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida ogohlantiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102119 | Инструменты