Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Toyloq tuman bo'limi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o'tkazildi.
Reyd davomida tumanning Xo‘jayuz MFY hududida fuqaro U. Z. tomonidan tegishli ruxsatlarsiz sog‘lom 1 tup tut daraxti kesib tashlanganligi maʼlum bo‘ldi. Natijada tabiatga 71 million 250 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U.Z. BHMning 10 baravari - 3 million 750 ming so’m miqdorida jarimaga tortildi. Huquqbuzar qilmishi uchun jami 75 million so’m to‘laydigan bo'ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20418 | Инструменты