Huawei 1
Samarqandda erkak ayolini pichoqlab o‘ldirdi

Samarqandda erkak ayolini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, 24-iyul kuni taxminan soat 16:11 da Pastdarg‘om tumani, O‘rta Charxin  mahallasida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan R.R. o‘z yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i 2000-yilda tug‘ilgan Sh.M. bilan o‘rtalarida yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida oshxona pichog‘i bilan tanasining turli joylariga qasddan urib o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan R.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ishga gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan hamda himoya huquqi taʼminlangan holda JPKning 221-227-moddalariga asosan protsessual  tartibda ushlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90809 | Инструменты