Samarqand viloyatida Istanbulga uchayotgan fuqaro qadimiy tilla tangalarni yashirincha olib ketmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Keltirilishicha, Samarqand xalqaro aeroportida bojxona xodimlari Istanbulga parvoz qilayotgan yo‘lovchilardan biri 2 dona qadimiy tilla tangalarni yashirincha olib chiqib ketayotgan vaqtida fosh qilindi.
Tangalar 1923-yilda Turkiya Jumhuriyatida zarb qilingan 100 kurush va 65 kurush ekani aniqlandi. Ularning taxminiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 15 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondan yaratilganiga 50 yildan oshgan madaniy boyliklar, shu jumladan numizmatika ashyolarini olib chiqish mumkin emas.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60104 | Инструменты