Samarqandda DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda pora olayotgan bir necha shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Jumladan, SamDU matematika fakulteti tyutori, 48 yoshli T.A. viloyat Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqarolarning mehnat faoliyatlariga 20 yillik ish staji qo‘shib, nafaqaga chiqarib berish evaziga 3 000 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Shuningdek, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IJQK departamenti viloyat boshqarmasi bilan xamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirda 1990 y.t., Samarqand tumanidagi ikkita mahallada hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi 33 yoshli X.E. va 48 yoshli B.V. jinoiy til biriktirgan holda tuman hokimligi zaxirasidagi 3,5 sotix bo‘sh yerni auksionga chiqarib, yutib, so‘ng tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali kadastr hujjatlarini qonuniy rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy fuqarodan 1 300 dollar talab qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini bo‘nak sifatida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, yuqoridagi holatlar bo‘yicha barcha shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты