Huawei 1
Samarqandda ilk bor chanoq-son bo‘g‘imini suniy bo‘g‘imga almashtirish jarrohlik amaliyoti bajarildi

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida gemofiliya kasalligiga chalingan bemorda yuqori texnologiyali operatsiya, ya’ni chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash (chanoq-son bo‘g‘imini suniy bo‘g‘imga almashtirish) jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti travmatologiya va ortopediya hamda gematologiya kafedralari xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan mazkur operatsiya nafaqat ushbu muassasa, balki mamlakatda ham ilk bor bajarildi.

 "Filialda bir necha yildan buyon chanoq-son bo‘g‘imini sun’iy bo‘g‘imga almashtirish, endoprotezlash operatsiyalarini o‘tkazib kelamiz. Lekin gemofiliya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda bu amaliyot bajarilmas edi. Chunki, bunday bemorlarda operatsiya o‘tkazishda ko‘p qon ketib qolishi xavfi mavjud. Shuning uchun ushbu tashxis bilan davolanadigan kishilarda jarrohlik amaliyoti xorijda bajarilgan yoki ularni operatsiya qilish imkoni bo‘lmagani uchun ayrimlari bir umr nogiron bo‘lib qolgan. Biz operatsiya qilgan 37 yoshli bemorda ham chanoq-son bo‘g‘imi sinishi kuzatilgan, ammo muolajalarga qaramay, jarohat bitmagan. Biz jamoamiz va gematologiya kafedrasi xodimlari bilan birga birga bemorda ilk bor yuqori texnologiyalari operatsiyani amalga oshirdik va amaliyot muvaffaqiyatli bo‘ldi.Hozir bemor yurishni boshladi va reabilitatsiya jarayonlari davom etmoqda", – deydi Samarqand davlat tibbiyot universiteti travmatologiya va ortopediya kafedrasi o‘qituvchisi, tibbiyot fanlari nomzodi Ilhom Jo‘rayev.

Filial mutaxassislarining qayd etishicha, chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash son boshchasini aseptik nekrozi, chanoq-son bo‘g‘imlari koksartroz kasalliklarida keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aynan gemofiliya kasalligida ilk bor bajarildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты