Samarqand shahrida 28 yoshli shaxs o‘z boshqaruvidagi Lacetti'ni piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan odamlar ustiga haydadi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 11 aprel kuni soat 20:00 da 1997 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinasini Samarqand shahar “Nurli yo‘l” MFYdan o‘tuvchi Rudakiy ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtida piyodalar o‘tish yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga olib borilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42515 | Инструменты