Huawei 2
Samarqandda o'quvchini kaltaklagan direktor o‘rinbosari ishdan bo'shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Oqdaryo tumanida direktor o‘rinbosari 4-sinf o‘quvchisini kaltaklagan"i aytilgan video tarqaldi. Holatga Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur holat Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 53-maktabda sodir bo‘lgan. Ikki hafta oldin maktabning 4 "V" sinfida o‘qiyotgan 10 yashar o‘quvchiga maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari qo‘l ko‘targan.

Ta'kidlanishicha, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Jangirov, tuman XTB mudiri S.Ortiqova va boshqa mas’ullar ushbu holat bo‘yicha o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borishgan.

O‘rganish davomida maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 4-sinf o‘quvchisini kaltaklagani o‘z isbotini topgan. Shundan so‘ng rahbar o‘z vazifasidan ozod qilingan.

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida esa maktab jamoasi ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga