Huawei 1
Samarqandda SSSRni qayta tiklash bo‘yicha targ‘ibot olib borgan shaxs jinoiy jazoga tortildi

Samarqand shahrida yashovchi shaxs O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Oliy sud portalida voqea tafsilotlari keltirilgan.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, sudlanuvchi E.X, O‘zbekiston hududida SSSRni qayta tiklash bilan bog‘liq targ‘ibot tadbirlari bilan faol tarzda shug‘ullanib kelgan. U Telegram'dagi "Uzbekskaya SSR/SSSR" nomli guruhga a’zo bo‘lib, ushbu guruhga o‘zi tomonidan tayyorlangan "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yuzaki ekanligi haqida materiallarni guruh a’zolariga tarqatib tarqatib kelgan.

Uning materiallarida hozirgi kunga qadar rasman sobiq Sovet ittifoqi tarqalmaganligi, uning tarkibiga kirgan 15 ta respublika AQSH yordamida o‘zboshimchalik bilan mustaqilligini e’lon qilganligi va tez orada sobiq Ittifoq davlatlari qaytib SSSRga qo‘shilishlari" to‘g‘risidagi fikrlar
keltirib o‘tilganligi aniqlangan.

2024-yil 6-mart kuni mazkur guruhni ko‘zdan kechirish davomida, sudlanuvchi tomonidan sobiq Ittifoqni qayta tiklash yuzasidan ko‘plab video va audio materiallar joylashtirilganligi aniqlanib, mazkur materiallar protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan.

Qayd etilishicha, u 2021-yil internet tarmog‘ida SSSR fuqarolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida Rossiya fuqarosi Oleg Turishkin ma’ruzasini eshitib, uning gaplariga ishonib, Telegram'da u bilan o‘zaro suhbatlashib yurgan.

U 2023-yil 3-yanvar kuni Samarqanddan Moskvaga uchib, u yerda SSSR tarafdori bo‘lgan kishilar bilan uchrashgan. Ular SSSRni qayta tuzmoqchiligini, buning uchun tarafdorlar yig‘ayotganligini, ushbu davlat hali qonunan tarqamaganligini aytishgan va sudlanuvchiga bu ishlarni O‘zbekistonda oshkora qilib bo‘lmasligini, agarda davlat organlari bilib qo‘ysa chora ko‘rishligini, yashirincha tarafdorlar yig‘ish kerakligini uqtirishgan. Uni keyinchalik Samarqand viloyati bo‘yicha"VKPb" sekretari etib tayinlashgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91920 | Инструменты