Huawei 1
Samarqandda tumangaz taʼminoti rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan poraxo‘rlikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Oqdaryotumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi boshlig‘i, 1973 yilda tug‘ilgan N.M.(ism-familiya shartli) mahalliy fuqaroning yashash xonadoniga elektron gaz hisoblagich o‘rnatish va uni tarmoqqa ulab berish xizmati evaziga undan 4 million so‘m pul talab qilib, dastlab 2 million so‘mini “pora” sifatida olgan hamda yana 1 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozir N.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты