Samarqanddagi choyxonada otaxonni masxara qilib, videosini internetda tarqatgan yigit ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy ovqatlanish shaxobchasida bir yigit keksa otaxonning yoniga kelib, uni qo'rqitib, ustidan kulgan holda bir necha harakatlar qilgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, ushbu holat Samarqand viloyatida sodir bo'lgan.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, voqea shu yil 11-mart kuni internetda tarqalgan. Ushbu holatni sodir etib, TikTokka joylagan yigit ushlanib, unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, holat ota-onasi ishtirokida muhokama qilingan.

“11-mart kuni ishxonamizga har kun keladigan amaki bilan hazillashdim va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa qaytarilmaydi. Amakidan va butun xalqdan kechirim so‘rayman”, — deydi aybiga iqror bo'lgan yigit.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты