Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi to'yda bir guruh haydovchilar yo'l qoidalarini buzib harakatlanganini aks etgan video tarqaldi. YHXX holat bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha ushbu holat Samarqand viloyati Toyloq tumanidan o'tuvchi yo'lda sodir bo'lgan. Unda bir necha haydovchilar guruh-guruh bo'lib harakatlangan. Ayni paytda avtomobillar va ularning egasi topilib holat bo'yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
"Og'lim do'stining to'yiga mashina haydab chiqqan ekan. Shunda ozroq sho'xlik qilib mashinani noto'g'ri haydapti, hammadan uzur so'raymiz, tarbiyasiga mahkam turamiz. Ushbu holat qayta takrorlanmaydi",- deydi ulardan birining otasi.
Haydovchilarga nisbatan MJKT ning 129-moddasiga asosan ma'muriy tartibda bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты