24-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi samolyot bortida tartibsizlik keltirib chiqargan 35 yoshli A. T. ga nisbatan ishni ko‘rib chiqdi, deya xabar bermoqda UzNews.uz.
Ish materiallariga ko‘ra, hodisa “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyoti bortida sodir bo‘lgan.
Fuqaro A. T. mast holda sigaret chekib, bort kuzatuvchilarni behayo so‘zlar bilan haqorat qilib, janjal keltirib, yo‘lovchilar tinchini buzgan.
Sud uni ma'daniyat bo'yicha jinoyat sodir etishda aybdor deb topdi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Kichik bezorilik) bilan sodir etilgan bo‘lib, unga nisbatan 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 33107 | Инструменты