Sangardakda 110 mlrd so‘mlik sanatoriy qurilmoqda

Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumani “Sangardak” qishlog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan qurilayotgan, umumiy qiymati 110 mlrd so‘m bo‘lgan, 7 qavatli, 200 o‘rinli “Sangardak” sanatoriysida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘ziga xos tabiati, sharsharasi va musaffo havosi sabab mahalliy va xorijlik sayyohlarning sevimli maskanlaridan biriga aylangan “Sangardak” qishlog‘ida bu kabi sanatoriylarning barpo etiilishi ekoturizm rivojiga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты