Saudiya Arabistonining Madina shahrida "Al-Urz va al-Kabab" nomli birinchi o'zbek tamaddixonasi ochildi.
Restoran Saudiya Arabistoni aholisi va dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar uchun o'zbek milliy taomlari, xalqimiz an'analari va madaniyati bilan yaqindan tanishish nuqtasiga aylanadi.
E'tiborlisi, bu yerda mijozlarga taklif etilayotgan taomlar milliy uslubda ishlagan idishlarga taqdim etilyapti. Restoranning barcha burchaklari maxsus monitorlar bilan jihozlangan bo'lib, ularda xorijlik mehmonlarga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, shaharlari, urf-odatlari, sayyohlik salohiyati haqidagi videoroliklar namoyish qilinmoqda.
Mazkur majmua Saudiya Arabistonidagi vatandoshlarimiz Abror Akmalov va taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy tomonidan tashkil etildi.
Ularning aytishicha, ushbu restoran o'z mijozlari sonin kengaytirganidan keyin, Jidda va Makkada filial ochish rejalashtirilgan.
O'zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulligi xodimlari tadbirkorlarga restoranni targ'ibot materiallari bilan ta'minlashga yordam bermoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50309 | Инструменты