Senatorlar “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi qonunni ma'qulladi
Senatning yalpi majlisida “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Jismoniy shaxslarning hayotini va sog‘lig‘ini, ularning mol-mulkini hamda obyektlarini tajovuzlardan himoya qilish, qo‘riqlanadigan obyektlar hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga chek qo‘yish qonunning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Qonunda qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar ro‘yxati tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘riqlash faoliyatini chet davlatlarning tashkilotlari va ularning xususiy qo‘riqlash tashkilotlari tomonidan amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmasligi, bundan O‘zbekiston Respublikasi hududiga qisqa muddatli tashrif bilan kelgan oliy darajali mehmonlar xavfsizligini ta’minlash hollari mustasno ekanligi belgilanmoqda.
Shuningdek Qonunda qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi sub’yektlar harbiy xizmatchilarining, xodimlarining, ishchilari
va xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, ushbu lavozimlarga nomzod bo‘lganlarga qo‘yiladigan talablar, soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, harbiy xizmatchi va xodimlarining kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligi holati bilan bog‘liq normalar nazarda tutilmoqda.
Qonunda jismoniy kuch ishlatish mumkin bo‘lgan holatlar, maxsus vositalarni va xizmat qurolini qo‘llash shartlari va tartibi, qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik bilan bog‘liq normalar mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10703 | Инструменты