Huawei 1
Sergelidagi maktab hududida ayol kishining murdasi topildi

Toshkentning Sergeli tumanidagi 47-maktab hovlisidan 44 yoshli ayolning murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Uzreport.news'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yil 1-dekabar kuni soat 7:30 larda Toshkent shahar Sergeli tumani Qo‘yliq-5 mavzesida joylashgan 47-sonli maktab hududida ayol jinsiga mansub fuqaroning murdasi topilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv natijasida murdaning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Ma’lum qilinishicha, u Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi Qo‘rg‘ontepa mahallasida doimiy ro‘yxatda turgan 1979-yilda tug‘ilgan M.M. bo‘lib, vaqtinchalik ishsiz va vaqtinchalik Toshkent shahar hududi ko‘chalarida yashab kelgan.

Shuningdek, murdaga o‘sha kunning o‘zida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Ekspertizaning dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro M.M. ning o‘limi "surunkali yurak ishemik kasalligi, kardioskleroz, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, alkagoldan o‘tkir zaharlanish, bosh yuqori va pastki lab yumshoq to‘qimalarini lat yeyishlari, pastki lab ezilib yirtilgan yarasi, yuz, tana, qo‘l va oyoq sohalari qontalashmalari va teri shilinmalari, ichki a’zolari to‘laqonligi" natijasida vujudga kelganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42607 | Инструменты